Yoshlar bandligi va yangi loyihalarga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi
Bugun, 10 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi va «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasining hududiy filiali bilan hamkorlikda yoshlarning bandligini ta’minlash borasidagi amaliy harakatlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur o‘tkazildi.

Dastlab ishtirokchilar Nukus shahridagi aralash va paxta tolalaridan ip-kalava ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi fabrika faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Umumiy qiymati 49 million dollar bo‘lgan ushbu loyiha hisobidan 400 ta yangi ish o‘rni yaratilib, yoshlar uchun doimiy daromad manbai shakllantirildi. Korxona yiliga 18 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish va 9 million dollarlik mahsulotni eksport qilishni rejalashtirgan.
Turning keyingi manzili turar joylarni isitishga mo‘ljallangan zamonaviy radiatorlar ishlab chiqaruvchi korxona bo‘ldi. 23,5 million dollarlik ushbu loyiha doirasida 300 ta yangi ish o‘rni ochilib, zamonaviy texnologiyalar joriy etilgan.
Press-tur davomida jurnalist va blogerlar korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mutaxassislar bilan suhbatlashib, korxonalarning istiqboldagi rivojlanish rejalari haqida ma’lumot oldi.
Hududda yangi investitsiya loyihalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni zamonaviy va doimiy ish o‘rinlariga jalb etish hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Bunday sa’y-harakatlar yoshlar kelajagi uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.

