“Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi
“Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi
Qaraqalpaqs Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tkazildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 1-o‘rin – Nukus tumani Qirantaw mahallasi jamoasi 2-o‘rin – Kegeyli tumani Xalqabod mahallasi jamoasi 3-o‘rin – To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ mahallasi jamoasi Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Nukus tumani Qirantaw mahallasi jamoasi 15–18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan mini-futbol bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va respublika bosqichida omad tilaymiz!
