Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘istonda yoshlarni chet tillariga o‘qitish, kasbga tayyorlash va xorijda qonuniy ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzolandi

Qoraqalpog‘istonda yoshlarni chet tillariga o‘qitish, kasbga tayyorlash va xorijda qonuniy ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzolandi.

Nukus shahrida «2+6» dasturi doirasida yoshlar bandligini oshirish va xavfsiz mehnat migratsiyasini ta’minlashga qaratilgan uch tomonlama Memorandum imzolandi. Hujjat Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Migratsiya agentligi va Professional ta’lim agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy tuzilmalari o‘rtasida tuzilib, yoshlarni «til – kasb – qonuniy faoliyat» tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Hamkorlik doirasida nemis, yapon va koreys tillari bo‘yicha kvotalarni kamida 1 500 taga (har bir til bo‘yicha kamida 500 tadan) kengaytirish, yagona elektron ro‘yxat yuritish, o‘quv markazlari va texnikumlar salohiyatidan foydalanish, kasblarga o‘qitish, xorijdagi qonuniy dasturlar haqida ma’lumot berish va noqonuniy vositachilikning oldini olish ko‘zda tutilgan.

Skip to content
Fayl mazmuni Yuklab olish
Yuklanmoqda...
Click to listen highlighted text!