Click to listen highlighted text!

QIZLAR O‘RTASIDA FUTBOL MUSOBAQALARI YAKUNLANDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Yoshlar ishlari boshqarmasi kubogi” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-ligasi futbol musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Joriy yilning iyun oyidan boshlab o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad qizlar o‘rtasida futbol sport turini yanada ommalashtirish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli futbolchi qizlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Musobaqalar davomida jami 12 ta jamoa tarkibida 250 nafardan ortiq qizlar ishtirok etib, o‘zaro bellashuvlarda munosib natijalar ko‘rsatdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi: 🥇 1-o‘rin — “Xo‘ja Eli W” jamoasi; 🥈 2-o‘rin — Nukus shahri Anasay mahallasi jamoasi; 🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol maktabining U-17 jamoasi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda Yoshlar ishlari boshqarmasi kubogi tantanali ravishda topshirildi. Mazkur musobaqalar 250 nafardan ortiq qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishiga, futbolga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlar sportini rivojlantirish, iqtidorli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda futbolga qiziquvchi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!