Mini-futbol bo‘yicha MQX kubogi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 2-tur o‘yinlari
Mini-futbol bo‘yicha MQX kubogi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 2-tur o‘yinlari
Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish va mahalla yoshlarining iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi davom etmoqda. Ushbu musobaqa professional sportchi bo‘lmagan, ammo futbolga qiziqishi yuqori bo‘lgan mahalla yoshlarini birlashtirgani bilan ahamiyatli. Qoraqalpog‘istonning barcha hududlaridan kelgan jamoalar nafaqat bosh sovrin – MQX kubogi, balki shu yilning avgust oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika final bosqichi yo‘llanmasi uchun ham o‘zaro kuch sinashmoqda.
