Tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi
Barcha oliy o‘quv yurtlarining talaba yoshlari o‘rtasida Hamid Olimjon va Zulfiya Isroilovaning boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan “Adabiyot osmonidagi ikki yulduz” badiiy o‘qish va teatrlashtirilgan ko‘rinishlar tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Har ikki ijodkorning hayoti va ijodiga asoslangan sahna ko‘rinishlari talaba yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Tanlovda: 1-o‘rin O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti; 2-o‘rin Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti; 3-o‘rinni Nukus davlat pedagogika instituti yoshlari egalladi. Tanlov g‘oliblari va faol ishtirok etgan yoshlar homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
