Work and travel xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish
Work and travel xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish
| Xizmat nomi | Work and travel xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish |
| Xizmat narxi | Bepul |
| Xizmat ko‘rsatishning huquqiy asosi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 290-son qarori. |
| Xizmat ko‘rsatish muddati | 15 ish kuni |
| Bu qanday ishlaydi ? | Ariza beruvchi Yagona portalda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va xizmatning ma’muriy reglamentiga muvofiq tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda so‘rov yuboradi. Agentligi ilova qilingan hujjatlarning xizmatning ma’muriy reglamentiga muvofiqligini 3 ish kuni ichida tekshiradi. Agentlik boshqarmasi vakili 5 ish kuni ichida arizaga ilova qilingan hujjatlarni solishtirish orqali o‘rganadi. Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, kafil yoki sug‘urta polisi asosida qarz shartnomasi imzolanadi. Ariza beruvchi 5 ish kunida tasdiqlangan shartnomani (pdf formatda) Yagona portal orqali agentlikka yuboradi. Agentlik 1 ish kuni ichida shaxsiy kabinetiga ssuda ajratilishi haqida elektron shakldagi QR-kodli ma’lumotnoma yuboradi. |
| Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar | 1. Ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi; 2. Viza (ishlash va sayohat qilishga ruxsat beradigan hujjat); 3. Kafil roziligi yoki sug‘urta polisi. |
| Aloqa | +998 (71) 209-01-04 (307) |
| Xizmatdan foydalanish uchun link | havola |
2026-yil 12-mart holatiga ko’ra
