Click to listen highlighted text!

Bo‘zatovlik yoshlarning Farg‘ona viloyatidagi amaliy safari davom etmoqda

Bo‘zatov tumani yoshlar delegatsiyasining Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrifi qizg‘in va taassurotlarga boy tarzda o‘tmoqda. Safarning dastlabki manzilida vakillar “Bog‘bon” mahallasida bo‘lib, u yerda yoshlar tomonidan gidroponika usulida qulupnay yetishtirish loyihasi bilan tanishdilar. Zamonaviy agrotexnologiyalarga asoslangan ushbu tashabbus yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim o‘rin tutadi.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, Quvasoy shahridagi Yoshlar sanoat zonasiga tashrif buyurib, hududda yaratilgan imkoniyatlar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng amaliy muloqotlar Farg‘ona shahrida davom etdi. Bu yerda tengdoshlarining “Yoshlar daftari” ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan biznes loyihalari va mahalliy sanoat zonasidagi faoliyati o‘rganildi. Safar dasturining navbatdagi qismi Marg‘ilon shahrida davom etdi. Mehmonlar “Toshloq tepa” mahallasida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor Murodil Banopovning ish jarayoni bilan tanishdilar. Ikki yildan buyon o‘z biznesini muvaffaqiyatli yuritib kelayotgan tadbirkor bugungi kunda 15–20 nafar tengdoshini doimiy ish bilan ta’minlagan. Korxonada ishchilarning kunlik daromadi 500–600 ming so‘mni, tadbirkorning oylik sof daromadi esa 15–20 million so‘mni tashkil etmoqda. Shuningdek, bo‘zatovlik yoshlar Marg‘ilon shahridagi Yoshlar kichik sanoat zonasi va bir qator tadbirkorlik subyektlarida bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Boshqa hududlardagi muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan ushbu tashrif yoshlarga o‘z biznes g‘oyalari

Skip to content Click to listen highlighted text!