Click to listen highlighted text!

Yoshlar ishlari agentligi direktori «Mutolaa» yo‘nalishi sardori Ixlosbekka planshet sovg‘a qildi

Yoshlar ishlari agentligi direktori «Mutolaa» yo‘nalishi sardori Ixlosbekka planshet sovg‘a qildi O‘zbekiston bolalar tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi «Bolalar harakati» «Mutolaa» yo‘nalishi sardori Ixlosbek Beknazarov hozirda bolalar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ko‘proq kitob o‘qishga jalb etish maqsadida «Book battle» loyihasiga asos solgan. yaqindagina oilaviy kitobxonlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘z tashabbusi bilan «15 kun – bir oila – bir kitob» chellenjini ham boshlab bergan. Shuningdek, Taxiatosh tumani hokimligi tomonidan qurilgan mahalla kutubxonasining kaliti Ixlosbek va tuman sardorlariga ishonib topshirilgan. Ixlosbekning kitobxonlik borasidagi faolligini ko‘rgan agentlik direktori uni planshet bilan taqdirladi va o‘qishlarida, sardorlik faoliyatida omad tiladi. Maxsus sovg‘a ishchi guruh tomonidan o‘z egasiga topshirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!