Click to listen highlighted text!

Faoliyatini yaqinda boshlagan yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Bugun O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi koordinatori Nursultan Nurniyazov tomonidan yangi ish boshlagan yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi. Seminar an’anaviy (oflayn) formatda tashkil etilib, unda ishtirokchilarga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan «Ustoz AI,» «UzChess,» «Qizlar akademiyasi,» «Mutolaa» va «Ibrat» mega loyihalarining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari batafsil tushuntirildi. Seminar davomida yoshlar yetakchilarining kundalik faoliyatida muhim o‘rin tutadigan hujjatlarni yuritish tartibi, nomenklatura ishlari, rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, «Yoshlar daftari» bilan ishlash mexanizmlari va bu boradagi tushunmovchiliklar atroflicha o‘rgatildi.Shuningdek, mahallalarda samarali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kiyinish madaniyati va xizmat etikasi, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda zarur uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!