Yoshlar o‘rtasida «Kibersport» musobaqalari o‘tkazildi
Yoshlar o‘rtasida «Kibersport» musobaqalari o‘tkazildi
Nukus shahri Tarnado kibersport arenasida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida «Kibersport» musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi. Unda shahar va tuman bosqichlarida jami 4 534 nafar yoshlar qamrab olingan bo‘lib, shundan g‘olib 180 nafar yosh DOTA-2 hamda Cs2 yo‘nalishlarida jamoa bo‘lib o‘zaro bellashdi. Musobaqa yakunida Dota-2 yo‘nalishida 1-o‘rinni Nukus shahri «Tunǵısh qonıs» mahallasi yoshlari, 2-o‘rinni Xo‘jayli tumani «Bayterek» mahallasi, Cs2 yo‘nalishida 1-o‘rinni Nukus shahri «Tunǵısh qonıs» mahallasi, 2-o‘rinni Xo‘jayli tumani «Bayterek» mahallasi, 3-o‘rinni Chimboy tumani jamoalari egalladi.
