Jo‘qorg‘i Kenges Raisi maktab bitiruvchilarini tabrikladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahridagi 24-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yoshlarga otalarcha g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelayotgan hurmatli Prezidentimizga, o‘quvchilarni voyaga yetkazib, tarbiyalagan ota-onalariga, ularga bilim bergan o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirdi. Albatta, bu bitiruvchi yoshlar orasidan yurtimiz shuhratini dunyoga tanitadigan, ona-Vatanimizga muvaffaqiyatli xizmat qilib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlar yetishib chiqadi. Bugungi tadbir davomida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi.
