Click to listen highlighted text!

Yosh kitobxonlar o‘rtasida «Book Battle» bo‘lib o‘tdi

«Bolalar harakati» sardorlar tashabbusi bilan 10-18 yoshdagi kitobxon yoshlar ishtirokida tashkil etilgan «Book Battle» chinakam bilim va tafakkur maydoniga aylandi.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘qigan kitoblari haqida so‘zlab, asarlarda keltirilgan qahramonlarning fe’l-atvori, ularning boshidan kechirgan voqealari va muallif yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy fikrlar bo‘yicha qiziqarli bahs-munozaralar olib bordi.

«Book Battle» uchun «Mutolaa» mobil ilovasi orqali: Mark Tvenning «Tom Soyerning boshidan kechirganlari,» Chingiz Aytmatovning «Birinchi muallim» kitoblari tanlab olingan edi.

Musobaqa nafaqat bilim sinovi, balki yoshlarning nutq madaniyati, tanqidiy fikrlash va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qildi. Har bir ishtirokchi o‘zining kitobga bo‘lgan muhabbati va intellektual salohiyatini namoyish etdi.

Kitob – tafakkur, ma’naviyat va muvaffaqiyatga eltuvchi eng yaqin yo‘l. «Book battle»ning keyingi sonida biz sizni kutib qolamiz, tez orada yangi kitoblar nashr etiladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!