Click to listen highlighted text!

“Qo‘shiqqa aylangan taqdir” videochellenjlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Xabaringiz bor joriy yilning 18-27 fevral kunlari “Qo‘shiqqa aylangan taqdir” mavzusida videochellenjlar tanlovi o‘tkazilgan edi. Tanlovda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi va tashkilotchilar tomonidan eng yaxshi tayyorlangan, shuningdek, Hamid Olimjon va Zulfiya Isroilova ijodini mahorat bilan ijro etgan faol yoshlar aniqlandi. Nukus shahar “Yoshlar markazi”da eng yaxshi deb topilgan va sifatli videochellenj tayyorlagan 18 ishtirokchiga homiyimiz tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Tanlov natijasiga ko‘ra: 🏅1-o‘rin Diana Tag‘abergenova Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi; 🏅2-o‘rin Qiyas Erejepboyev Shumanay tumani 15-sonli maktab o‘quvchisi; 🏅3-o‘rin Balnur Madreyamova Qo‘ng‘irot tumani 12-sonli maktab o‘quvchisi; 🏅4-o‘rinni QDU qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Mashhura Yuldasheva egalladi, yana 14 nominatsiya egalari aniqlandi. Bizga video yuborgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz

Skip to content Click to listen highlighted text!