Mardlik va sadoqat timsollari, bayram muborak!
Ona Vatanimizning himoyachilari, yurtimizning mard yigitlari, Sizlarni Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi jamoasi nomidan bugungi ajoyib bayram – «Vatan himoyachilari kuni» bilan tabriklaymiz.
Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdek mas’uliyatli va sharafli vazifani ado etayotgan barcha harbiy soha xodimlarining ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
