Siz ro‘yxatdan o‘tdingizmi?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ishlari boshqarmasi tizimidagi barcha xodimlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ishlari boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi xodimlari birinchilar qatorida ro‘yxatdan o‘tdi.
Ushbu jarayon orqali xodimlar tadbirning samarali va yuqori darajada tashkil etilishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar, sizlar ham aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok eting!

