Qilichbozlarimiz Jahon kubogi bosqichida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Gruziyaning Tbilisi shahrida o‘tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston qizlar jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Keskin kurashlar ostida o‘tkazilgan kubok musobaqalari yarim finalida jamoamiz Gruziya jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, ikkinchi o‘ringa munosib topildi. Finalda esa, ozgina omad yetishmadi.
Jamoamiz tarkibida Fernanda Errera, Nargiza Utebaeva, Ayakóz Jumamuratova, Nargiza Jaqsıbaevalar g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.
