Click to listen highlighted text!

Jo‘qorg‘i Kenges Raisi bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahrida o‘zining tashabbuslari va startap loyihalari bilan faollik ko‘rsatayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. O‘tkazilgan uchrashuvda dastlab Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, bunday imkoniyatlardan o‘rinli foydalanib, yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar soni ortib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Bundan so‘ng, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi uchun davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar, alohida imtiyozlar haqida mutasaddilar tomonidan ma’lumot berildi. O‘z navbatida, yoshlar davlatimiz rahbarining bunday yuqori ishonchi va yoshlarga ko‘rsatayotgan otalarcha g‘amxo‘rligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, yaqindan muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan bir qator muhim tashabbuslar ko‘tarildi. Har bir bildirilgan taklif belgilab olinib, ushbu g‘oyalarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!