Ishsiz yoshlar muammolari o‘rganildi
Soliq boshqarmasi boshlig‘i X.Bekchanov tomonidan o‘ziga biriktirilgan, otaliqqa olingan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli sohada yangi tizim yaratilib, yoshlar siyosati mahalla darajasiga tushirildi.
Buning yaqqol misoli sifatida yoshlar yetakchilari tomonidan o‘tkazilgan xatlovlarda aniqlangan ishsiz yoshlar tumandagi muassasa, korxona va tashkilot rahbarlariga otaliqqa biriktirilib, ularning bandligini ta’minlash uchun mas’ul etib biriktirildi.
Bugungi yoshlar bilan uchrashuvi ham ayni shu maqsadda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni qiynayotgan muammolarini o‘rganish va ijobiy yechim topish, ularni kasbga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


