RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Hujjatlar to‘plami” Telegram kanalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi yoshlar yetakchilari nomidan tuman Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari faoliyatiga oid murojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida tuman yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv va yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazilib, murojaatda qayd etilgan holatlarga aniqlik kiritildi.
O‘rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan ayrim ma’lumotlar yetakchilar tomonidan tasdiqlanmadi. Shuningdek, yoshlar yetakchilaridan muntazam ravishda pul mablag‘lari yig‘ilgani haqidagi ma’lumotlar yuzasidan ham tasdiqlovchi holatlar aniqlanmaganligini ma’lum qilamiz. Boshqarma barcha asosli murojaat va tanqidlarni ochiq va xolis o‘rganishga, zarur hollarda tegishli choralar ko‘rishga tayyor.
Biz Yoshlar tashkiloti faoliyatiga befarq boʻlmagan barcha ommaviy axborot vositalari, mustaqil blogerlar va jamoatchilik vakillariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi
