Click to listen highlighted text!

Sardorlar forumi: yetakchilik sari katta qadam!

Bugun respublikamizda yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, yetakchilik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni jamiyat hayotiga keng jalb etish maqsadida «Sardarlar forumi» bo‘lib o‘tmoqda.

Forum Xo‘jayli va Taxtako‘pir tumanlarida o‘tkazilib, unda faol yoshlar ishtirok etdi. Tadbir yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, tajriba almashish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim platforma bo‘ldi.

Forum davomida «Rahbar va sardorlar» uchrashuvi tashkil etilib, unda yetakchilik sirlari, vaqtni to‘g‘ri boshqarish, jamoa bilan ishlash va yangi g‘oyalarni amalga oshirish haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun motivatsion seminar-treninglar o‘tkazilib, ularda o‘zini o‘zi rivojlantirish, maqsad qo‘yish va qiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. «Zakovat» intellektual o‘yini yoshlarning bilim darajasi, tezkor fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazishga xizmat qildi.

Forum yakunida yetakchilik qobiliyati, jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turgan eng faol mahalla va tuman raislari munosib rag‘batlantirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!