“Future Leaders Talk” motivatsion uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Bugun Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Chet tillari haftaligi” doirasida “Future Leaders Talk” mavzusida motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Germaniyada o‘qish, ishlash va yashash masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Spikerlar — “Work and Travel” loyihasi doirasida Germaniyada tahsil olib, faoliyat yuritgan Allaniyazov Nursultan hamda Uteniyazov Asadbek Germaniyada ta’lim olish, ishlash va yashashni rejalashtirayotgan yoshlarga o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbat jarayonida Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari va grant dasturlari, ishlash va yashash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash tartibi, shuningdek, nemis tilini o‘rganishning dolzarb masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Eslatma:
13-yanvar — Yaponiya
14-yanvar — Koreya
15-yanvar — Turkiya
17-yanvar — AQSh
Mazkur sanalarda ushbu mamlakatlarda tahsil olib kelgan vatandoshlar hamda hozirda u yerda o‘qiyotgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
