Talabalar bilan «Kelajakka qadam…»
Nukus davlat texnika universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Kelajakka qadam» loyihasi doirasida mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli «Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida so‘z yuritilib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nafaqat bilim, balki amaliy ish tajribasini ham berib, ularning professional hayotga muvaffaqiyatli kirib kelish imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan to‘liq yetkazilib, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berib, ularga yanada motivatsiya berdi.
