Click to listen highlighted text!

Bandlik va innovatsiya yo‘lida: Taxiatosh yoshlari Xorazm tajribasini o‘rgandi

Taxiatosh tumani hokimligi rahbarlariga biriktirilgan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda zamonaviy kasb-hunar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida qo‘shni Xorazm viloyatiga o‘quv-amaliy ekskursiya tashkil etildi. Dastur doirasida yoshlar zamonaviy Data markaz, tikuvchilik sexi, Imzo fabrikasining Xorazm filialida hamda hududdagi sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan raqamli texnologiyalar, sanoat infratuzilmasi, yangi ish o‘rinlari yaratish mexanizmlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda samarali boshqaruv tizimlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu o‘quv-amaliy ekskursiya ishsiz yoshlarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish hamda kelgusida bandligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim tajriba maktabi bo‘ldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!