Click to listen highlighted text!

20-noyabr Butunjahon bolalar kuni keng turda nishonlandi

20-noyabr Butunjahon bolalar kuni keng turda nishonlandi

Yosh avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, bolalar va o‘smirlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ta’lim, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, raqamli xavfsizlik va ekologik madaniyat yo‘nalishidagi g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Nukus shahri «Yoshlar markazi»da uchrashuv o‘tkazildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvni Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining iqtidorli o‘quvchilari tengdoshlari uchun ko‘ngilochar dastur bilan boshlab berdi. Bolalar tomonidan bildirilgan barcha takliflar va ularni amalga oshirish jarayonidagi ishlarimizni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka ma’lum qilib boramiz.

Skip to content
Fayl mazmuni Yuklab olish
Yuklanmoqda...
Click to listen highlighted text!