Click to listen highlighted text!

Para pauerliftingda oltin medal — qat’iyat va g‘alaba timsoli

Xabaringiz bor Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida V Para Osiyo o‘yinlari bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yurt bayrogʻini koʻklarga ko’targan sportchilarimizning ko’rsatgan jasorati har qanday tahsinga sazavor. Mazkur Para Osiyo o‘yinlarida sportning Parapauerlifting turi bo‘yicha ishtirok etgan hamyurtimiz Azizbek Perdebayev nufuzli musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritgan holda, yurtimiz sporti tarixida munosib o‘rin egalladi.

Ushbu yuksak natija — sportchining tinimsiz mehnati, kuchli iroda va yuksak mas’uliyatining yorqin ifodasidir.

Ushbu g‘alaba nafaqat sportchining shaxsiy yutug‘i, balki butun yurtimiz, sport jamoatchiligi va yosh avlod uchun katta ilhom manbaidir. Sportchining erishgan muvaffaqiyati imkoniyat cheklanmaganini, qat’iyat va mehnat bilan eng baland marralarni zabt etish mumkinligini yana bir bor isbotladi.

Sportchimizni ushbu yuksak g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!