Click to listen highlighted text!

«Rahbar va bolalar» uchrashdi

 

Kuni kecha, Nukus shahri «Yoshlar markazi»da «Rahbar va bolalar» uchrashuvi o‘tkazildi. Unda 18 yoshgacha bo‘lgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bolalar ishtirok etib, ularning fikr va takliflari ochiq-oydin tinglandi.

Uchrashuvda o‘quvchi yoshlar tomonidan bolalar o‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, mahallalarda bolalar ishtirokida forumlar tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol tarzda xorijiy tillarni o‘rgatish, muhandislik va kosmonavtika sohasida mahorat darslarini amalga oshirish, robototexnika yo‘nalishida o‘quvchilarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish, intellektual bilimlarni yanada rivojlantirish kabi takliflar bildirildi.

Ochiq muloqotda bolalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarning ijrosi va amalga oshirilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!