Shumanayda IELTS imtihonidan 8.0 ball olgan yoshga va ustoziga 10 mln so‘m pul mukofoti beriladi
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/jaslar_isleri_agentligi/32239)bugun Shumanay tumanida Yoshlar markazi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirilgan edi. Tadbir doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i P.Maxsetbayev, tuman hokimi A.Ametovlar Prezidentimizning shumanaylik yoshlarga taqdim etgan bayram oldi sovg‘asi bilan samimiy tabrikladi.Endilikda, Shumanay tumanida IELTS (International English Language Testing System) imtihonidan 8.0 ball va undan yuqori ball olgan yoshga, shuningdek uning ustoziga 10 mln so‘mdan pul mukofoti beriladigan bo‘ldi. Bu haqida, tuman hokimi A.Ametov ochilish marosimida ta’kidlYangi ochilgan Yoshlar markazi binosida ish boshlayotgan o‘quv markazi o‘qituvchisi Jenis Qalmuratov, 3 oy ichida o‘z o‘quvchilari orasidan IELTS (International English Language Testing System) imtihonidan 8.0 ball oladigan darajada o‘quvchilarni tayyorlashga va’da berdi.
