Click to listen highlighted text!

Beruniyda «Temurbeklar» aniqlandi

Beruniy tumanida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga hurmat tuyg’ularini singdirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish  maqsadida «Temurbeklar bellashuvi» harbiy musobaqasi bo’lib o’tdi.

 

 

Bo’ston mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Qudrat Narbayev:»Musobaqani tashkil etish uchun alohida va puxta tayyorgarlik ko’rildi»,-deya ta’kidlamoqda.

Musobaqada ishtirokchilar saf qo’shig’i, «Mohir mergan», harbiy estafeta, Ak-47ni qismlarga bo’lish va yig’ish shartlari bo’yicha o’zaro bellashdilar.

Yakunda:
1-o’rin 15-maktab jamoasiga,
2-o’rin 64-maktab jamoasiga,
3-o’rin 69-maktab jamoasiga nasib etdi.

G’olib jamoalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, birinchi o’rinni qo’lga kiritgan jamoa musobaqaning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!