“Yangi O‘zbekiston yoshlari” ijodiy tanlovi va yoshlar festivallari o‘tkazildi
Tanlovlar mahalla, tuman (shahar) bosqichlari tashkil etilib, ijodiy yo‘nalishlarda ishtirokchilarni saralash hamda faol yoshlarni rag‘batlantirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar festivallari doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar va konsert dasturlari tashkil etildi.

Xususan, “Siz sevgan qahramonlar” formatidagi uchrashuvlar Ellikqal’a, Chimboy, Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahrida o‘tkazildi. Unda san’at va madaniyat vakillari, aktyorlar hamda yosh iste’dod egalari ishtirok etdi.
🎤 Tadbirlar davomida yoshlar sevimli ijodkorlari bilan uchrashib, ularning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
📚 Shuningdek, Nukus shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida yoshlarni keng qamrab olgan holda ko‘rgazmalar, kitob yarmarkalari, hunarmandchilik va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi taqdimotlar, shuningdek, yoshlarning ijodiy chiqishlari tashkil etildi.
🌟 Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda madaniyat va san’atga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
