Diqqat, diqqat!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan va hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, milliy liboslar madaniyatini rivojlantirish hamda milliy moda yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yosh dizaynerlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Milliy fashion show» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirokchilar milliy liboslar dizayni yo‘nalishida yaratgan o‘z ijodiy kolleksiyalari bilan qatnashadi.
Milliy liboslar dizayni va moda yo‘nalishiga qiziquvchi yoshlarni tanlovda kutib qolamiz.
Manzil: Nukus shahri Yoshlar markazi binosi (Do‘stlik kanali bo‘yi)
Vaqti: 24-aprel 16:30
Keling vaqtingizni ko‘ngilli o‘tkazing!
