Prezidentning yangi qarori bilan yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilmoqda
Fermer yoshlarga bepul buxgalter: 2026-yil 1-avgustdan boshlab, rahbarlari yoshlar bo‘lgan yangi fermer xo‘jaliklariga 2 yil davomida bepul buxgalteriya xizmati ko‘rsatiladi.
Ish staji talab etilmaydi:
Endilikda davlat xizmatidagi ayrim lavozimlarga qabul qilishda yosh nomzodlardan ish staji talab etilmaydi (ayrimlarida esa ko‘pi bilan 2 yilgacha staj so‘raladi).
«Boshlang‘ich qizlar maktabi»:
2026 yil iyun oyidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularni rahbarlikka tayyorlash bo‘yicha yangi loyiha ishga tushiriladi.
Bu imkoniyatlar yoshlar bandligini ta’minlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etishga qaratilgan.
