Yoshlar yetakchilariga uslubiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, yetakchilar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish va ularga zarur uslubiy yordam berish maqsadida Nukus shahrida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganish ishlari davomida, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan «Ibrat farzandlari,» «Mutolaa,» «Ustoz AI,» «UzChess» hamda «Qizlar akademiyasi» loyihalariga yoshlarni qamrab olish darajasi va samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Tahlil yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, loyihalar doirasida qamrovni kengaytirish va ish samaradorligini keskin oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatilib, kelgusidagi ishlar bo‘yicha manzilli tavsiyalar berildi.
