PQ-1 sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tomonidan Xo‘jayli va Nukus tumanlarida tuman bo‘limi hamda mahalla yoshlar yetakchilari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim mahallalarda yoshlarni jalb qilish, ularning qiziqishlarini aniqlash va manzilli ish olib borishda ijobiy tajribalar kuzatildi. Shu bilan birga, ba’zi hududlarda ishlarni yanada takomillashtirish, loyihalar qamrovini kengaytirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

