”Ibrat farzandlari” til bilimdonlari forumi
Nukus shahri “Yoshlar markazi”da “Ibrat farzandlari” til bilimdonlari forumi doirasida o’quvchi yoshlar uchun chet tillarini bepul o‘rgatuvchi “Ibrat academy” mobil ilovasi haqida seminar-trening hamda intellektual o‘yinlar tashkil etildi.
Forumda faol ishtirok etgan yoshlarga sun’iy intellekt yordamida ingliz tilini o‘rganishga ko‘maklashuvchi “Super start” xaritalari sovg‘a sifatida topshirildi.
