Tadbirkorlik subyektlariga tur tashkil etildi
Bugungi kunda ko‘plab yoshlarimiz imtiyozli kredit asosida, o‘z biznes tashabbuslarini boshlab, katta daromadga ega bo‘lmoqda.
Kuni kecha, tadbirkorligini boshlab muvaffaqiyatga erishgan yoshlarning ish o‘rinlari, shuningdek, yirik tadbirkorlik subyektlariga ega yoshlarning biznesni boshlash yo‘lidagi qiyinchiliklari, tajribalari bilan bo‘lishish uchun press-tur va «Biznes sayohat» tashkil etildi.

Xususan, tur ishtirokchilari yosh tadbirkor Kamila Erejepovaning qandolat mahsulotlari sexida, shahar markazida yangi ochilgan «ZOR» savdo majmuasi va «Nukus lak bo‘yoqlari» korxonasida yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdi.
