Mehr – har bir bolaga qanot bag’ishlaydi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Bolalar harakati” sardorlari Nukus shahri “Juwazshı” mahallasida yashovchi 10 yoshli Albertni ko‘rishga bordi.
Uning yuzidagi tabassum, hayotga bo‘lgan ishonchi va orzulari har qanday insonga kuch, ilhom va matonat ko‘rsata oladi.
Har bir bola mehrga munosib. Ularga e’tiborimiz, ozgina yordamimiz yoki bir og‘iz iliq so‘zimiz katta orzular, umidlar beradi.
