Click to listen highlighted text!

Rasmiy munosabat

 

Ijtimoiy tarmoqdagi ANTIKORRUPSIYA telegram kanali orqali Nukus shahar yoshlar ishlari bo‘limi boshlig’i Asilbekov Salamat Askarovichga qo‘llanilgan (hujjat yashirib qo‘yilgan) hayfsan jazosi olib tashlanganligi haqida eʼlon qilingan post bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Nukus shahar yoshlar ishlari bo‘limi boshlig’i Asilbekov Salamat Askarovichga Nukus shahar hokimining 159-13-195-F-25-son buyrug’iga asosan, «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilgan. Aniqlangan xato kamchiliklar bartaraf etilgan. Ko‘plab yangi tashabbus va tadbirlar amalga oshirilganligi sabab, 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan hayfsan jazosi olib tashlangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g’risidagi 2024-yil 20-dekabr kungi PF-223-son Farmoyishiga asosan, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlarini mas’ul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli mas’ullarga rag’batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish – tuman (shahar)lar hokimliklariga yuklatilganligi, ma’muriy vakolatlar berilganligini ma’lum qilamiz.

Biz Yoshlar tashkiloti faoliyatiga befarq boʻlmagan barcha ommaviy axborot vositalari, mustaqil blogerlar va jamoatchilik vakillariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!