Qoraqalpog‘istonlik yoshlar yetakchilari faxrli o‘rin sohiblari bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, «Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi» tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bir qator yetakchilar O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Tanlovning respublika bosqichida yetakchilarimiz faxrli o‘rinlar sohibiga aylandi.
Xususan:
«Yoshlar daftari» tizimi bilan samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi yo‘nalishi bo‘yicha Alimboyev Nodirbek sovrinli 1-o‘rin;
Kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilishda yuqori darajada tashkil etgan eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi Biyimbetov Damir mukofotli 1-o‘rin;
Huquqbuzarlikni sodir etishga moyil bo‘lgan va jazoni o‘tash joylaridan ozod etilgan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi yo‘nalishi bo‘yicha Sarsenbayev Mahmud mukofotli 3-o‘rin;
Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi yo‘nalishi bo‘yicha Sheripbayev Ortiqbek faxrli 3-o‘rinni oldi.
G‘olib yetakchilarimizni tabriklaymiz!
