Click to listen highlighted text!

Prezidentimizdiń shomanaylı jaslarǵa bayram aldı sawǵası

Prezidentimizning shumanaylik yoshlarga bayram oldi sovg‘asi Shumanay tumanida yoshlarning til o‘rganishlari uchun o‘quv markazi yo‘q edi. Endi shumanaylik yoshlarning til o‘rganishi uchun imkoniyatlari kengayadi. Chunki, yangi ochilgan Yoshlar markazi binosida o‘quv markazlari ish boshlaydi. Yangi yil arafasida, shumanaylik yoshlar uchun Prezidentimizning sovg‘asi bo‘ldi. Bugun, Shumanaylik yoshlar uchun katta bayram. Sababi, Prezidentimizning yangi yil arafasidagi sovg‘asi ya’ni «Yoshlar markazi» binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i P.Maxsetbayev, tuman hokimi A.Ametovlar ishtirok etib, tuman yoshlarini samimiy tabrikladi. Binoda «Yoshlar markazi» faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida rekonstruksiyasi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy byudjeti hisobidan 853,4 mln. so‘m, jihozlash uchun Yoshlar ishlari agentligi hisobidan 361,0 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. Markazning 1-qavatida «New Action» o‘quv markazi, 2-qavatda Yoshlar kutubxonasi, konferensiya zali, Shumanay tumani Yoshlar ishlari bo‘limi joylashgan bo‘lib, «New Action» o‘quv markazida IT va robototexnika, mental arifmetika, ingliz va rus tillariga yoshlarni keng qamrab olish rejalashtirilmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!