Click to listen highlighted text!

“Intellektual yetuk yoshlar” kitobxonlar tanlovining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘quvchi yoshlarning intellektual bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ishlari boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston bolalar tashkilotining qo‘shma qarori asosida barcha umumta’lim maktablarida “Intellektual yetuk yoshlar” kitobxonlik tanlovining 8 oy davomida shahar, tuman bosqichlari o‘tkazildi. Nukus shahri “Yoshlar markazi”da tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi final bosqichi o‘tkazildi va 270 nafar o‘quvchi ishtirokida o‘tkazilgan tanlov qizg‘in bellashuvlarga, hayajonga boy bo‘ldi: Tanlov natijasiga ko‘ra: 1-o‘rin Chimboy tumani 11-sonli maktab 2-o‘rin Qo‘ng‘irot tumani ixtisoslashtirilgan maktab 3-o‘rinni Qo‘ng‘irot tumani 18-sonli maktab va Amudaryo tumani 59-sonli maktab o‘quvchilari egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va maxsus diplomlar bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!