Qong’irot tumanida «Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi» tanlovi o’tkazildi
Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 20-noyabr kungi “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkillashtirish chora-tadbirlari tog’risidagi 608-sonli farmoniga asos, har yili oktabr oyida tanlovning tuman(shaxar) bosqichi o’tkazilishi belgilab berilgan.
Shu bois , Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha tumanlarida tanlovni yuqori saviyada o’tkazish ishlari olib borilmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi bo’lsa, yoshlar yetakchilari qalbida «Vatanga va xalqga sodiqlik bilan xizmat qilish- eng oliy maqsadimiz!» g’oyasini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik tuyg’usini kuchaytirish, yoshlar yetakchilari orasida sog’lom raqobat muhitini takomillashtirish, ularning faoliyatini qo’llab-quvvatlash, yetakchilik fazilatlarini yana da jadal rivojlantirish bo’lib hisoblanadi.


Kechagina Qong’irot tumanida start olgan bu tanlov yakuniga ko’ra:
«Yoshlar balansi platformasi asosida natiyjali ish olib borgan eng namunali yoshlar yetakchisi» yo’nalishida –
«Berdaq» MFY yoshlar yetakchisi Dosjanova Matluba
«Yoshlarning bosh vaqtini mazmunli tashkillashtirgan eng namunali yoshlar yetakchisi» yo’nalishida –
«Boston» MFY yoshlar yetakchisi Kojametov Jandos
«Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan natiyjali ish olib borgan eng namunali yoshlar yetakchisi» yo’nalishida –
«Xanjap» MFY yoshlar yetakchisi Joldasbaev Rasul
«Yoshlarning tadbirkorlik g’oyalarini amalga oshirishda va bantligini ta’minlashda natiyjali ish olib borgan eng namunali yoshlar yetakchisi» yo’nalishida – «Taraqli» MFY yoshlar yetakchisi Joljanov Nurlan
«Tashqi mehnat migraciyasidan qaytgan yoshlar bilan natiyjali ish tashkillashtirilgan eng namunali yoshlar yetakchisi» yo’nalishida – «Usturt» OFY yoshlar yetakchisi Elmuratova Biybixatisha
«Qobiliyatli va intellektual faol bo’lgan yoshlar bilan natiyjali ish olib borgan eng namunali yoshlar yetakchisi» yo’nalishida – «Qanli» OFY yoshlar yetakchisi Asemov Bekzod 1-o’rinni olib Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
