Qilichbozlarimiz Osiyo kubogida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahrida qilichbozlikning sablya, shpaga va rapira yo‘nalishlari bo‘yicha U-17 yosh toifasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Osiyo kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritishdi. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda N.Utebayeva hamda N.Qalniyazova barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar bellashuvlarida esa A.Begjanov, A.Kabulov va Q.Kamalovlar 1-o‘rinni egallab, oltin medallarni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.