Yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
Qoraqalpoq davlat universiteti “Madaniyat saroyi”da mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda “Mutolaa” loyihasi koordinatori H. Jumamuratova, Bolalar tashkiloti rahbari S. Jolimbetova va soha mutaxassislari ishtirok etib, yoshlar uchun dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, “Ibrat farzandlari” loyihasi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevralda qabul qilingan PQ-60-sonli va PQ-61-sonli qarorlari asosida yoshlar uchun ajratiladigan kredit va qarzlar imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi. Bundan tashqari, xalqaro grantlarni jalb qilish va loyihalar tayyorlash tartibi yuzasidan ham atroflicha ma’lumot taqdim etildi.
Seminar davomida yoshlar yetakchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir ular uchun bilim va tajriba almashish, shuningdek, yangi imkoniyatlarni o‘rganish maydoni bo‘lib xizmat qildi.