Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar 4 ta oltin, 1 ta bronza medal bilan qaytdi

Toshkent viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa “B” va “C” liga yo‘nalishlarida, 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh oralig‘idagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida tashkil qilindi.

Unda Qoraqalpog‘istonlik sportchilar ham faol ishtirok etib, yuksak natijalarga erishishdi.

“B” liga bo‘yicha g‘oliblar:

16–21 yoshli o‘g‘il bolalar yo‘nalishida — Abdulaziz Nazrbayev (1-o‘rin)

22–26 yoshli qizlar yo‘nalishida — Madina Shamurodova (1-o‘rin)

22–26 yoshli o‘g‘il bolalar yo‘nalishida — Sherzod Yo‘ldoshev (1-o‘rin)

“C” liga bo‘yicha g‘oliblar:

22–26 yoshli qizlar yo‘nalishida — Yulduz Xudoyberganova (1-o‘rin)

27–30 yoshli qizlar yo‘nalishida — Go‘zal Abdullayeva (3-o‘rin)

Shu tariqa, Qoraqalpog‘istonlik sportchilar musobaqadan 4 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan qaytishdi.

G‘olib sportchilarimiz bugun tongda tantanali ravishda kutib olindi. Ularning mehnati va muvaffaqiyatlari sport ixlosmandlari hamda yurtimiz yoshlariga katta motivatsiya bo‘ldi.

Sportchilarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Skip to content Click to listen highlighted text!