«Siz sevgan qahramonlar» – Shumanayda
«Dolzard 90 kunlik» yozgi dasturi asosida, Shumanay tumanida xalqimiz ardoqlagan madaniyat, san’at sohasi vakillari, sport ustalari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Yaqindan suhbat tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarga muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi bosqichlar, ilm-fan sohasida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar, san’at yo‘nalishida davlatimiz rahbari tomonidan qaratilayotgan islohotlar haqida keng tushuncha berildi.
Xushovoz mehmonlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilarining kayfiyati ko‘tarildi.