Gimnastrada bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi
Joriy yilning 23-iyul kuni Nukus shahrida mahalla yoshlari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida 14-30 yoshdagi qizlar o‘rtasida sportning Gimnastrada sport turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin Taxiatosh tumani
2-o‘rin Taxtako‘pir tumani
3-o‘rinni Shumanay tumani jamoalari egalladi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanib, O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.