«Boʻzatov FEST»da yosh baxshilar gʻalaba uchun birinchi qadamni bosib oʻtdi
Bugun, 11-may kuni «Boʻzatov FEST — Yoshlar ovozi» tanlovi baxshichilik yoʻnalishi boʻyicha bahslar Nukus shahrida joylashgan sport maktabi imoratida qurilgan maxsus pavilonda boʻlib oʻtdi.
Tanlovda jami 3 yosh toifasida 36 nafar qatnashuvchi oʻzaro kuch sinashdi.
Tanlovda milliy dostonlar ijrosi boʻyicha oʻz isteʼdodini namoyon etgan yoshlar hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.
Yakuniy natijalarga koʻra, qobiliyatlilar ichida eng yaxshi deya baholangan 3 ta yosh toifasi boʻyicha 16 nafar yosh tanlovning super finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Demak, yosh baxshilarimiz gʻalaba uchun birinchi qadamni bosib oʻtdi. Endi ular 15-may kuni super «Boʻzatov FEST — Yoshlar ovozi» tanlovining super finalida qobiliyatlarini namoyon etadilar.
Boʻzatov isteʼdodlarni kashf etishda davom etadi.