Click to listen highlighted text!

Toʻrtkoʻllik Yoshlar parlamenti aʼzosi Olmaotada «Maxsus reportajlar maktabi»da ishtirok etdi

Toʻrtkoʻllik Yoshlar parlamenti aʼzosi Olmaotada «Maxsus reportajlar maktabi»da ishtirok etdi

«Internews» tashkiloti tomonidan Qozogʻistonning Olmaota shahrida 30 may – 4 iyun kunlari boshlovchi telejurnalist va mustaqil videomeykerlar uchun «Maxsus reportajlar maktabi» boʻlib oʻtdi.

Maktab ishtirokchilari safida Yoshlar parlamenti aʼzosi Akmal Srajatdinov ham bor.

Maktab davomida ishtirokchilar reportajlar tayyorlash, video montajlash koʻnikmalari haqida rossiyalik bosh murabbiy Denis Bevz darslarida ishtirok etishdi.
Mashgʻulotlar natijalariga koʻra ishtirokchilar efirga uzatish talabiga javob bera oladigan oʻzlarining video reportajlarini yaratadilar.

Mazkur loyiha AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koʻmagida Markaziy Osiyo MediaCamp dasturi doirasida amalga oshirildi.

Reportyor : Zafarbek Artiqbayev

Skip to content Click to listen highlighted text!