Click to listen highlighted text!

Beruniylik yoshlar Xiva shahriga sayohat qildi

Beruniylik yoshlar Xiva xonligiga sayohat qildi

«O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q», – degan edi I.A.Karimov. Yoshlarning tarixiy bilimlarini oshirish, ularni tarixni o’rganishga rag’batlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tuman bo’limi tomonidan tez-tez tarixiy obyektlarga sayohatlar tashkil etiladi.

Shu qatorda, beruniylik yoshlar uchun 2500 yillik tarixga ega bo’lgan, qadimiy Xiva xonligi markazi hisoblangan «Ichan qal’a» memoriy yodgorligiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida yoshlarga Xiva xonligining tarixiy obidalari, o’sha davr madaniyati, siyosati, urf-odatlari haqida mutaxassislar tomonidan keng ma’lumotlar berildi.

30 nafar fuqaro ishtirokida tashkil etilgan ushbu sayohat davomida qadimiy qal’aning ko’plab yodgorliklari tomosha qilindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!